Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniyada 30 ta «baklashka» evaziga «bozorlik» qilish mumkin, bizda esa...

Germaniyada 30 ta «baklashka» evaziga «bozorlik» qilish mumkin, bizda esa...

Hayotimizni suvsiz tasavvur qilolmaymiz. Ammo gap suv haqida emas, balki bugun dunyoni shiddat bilan egallayotgan plastik idishlarda. Bu idishlarni ishlab chiqarish uchun yana qancha suv yoki elektr energiyasi ketishini ham hisoblamoqchi emasmiz. Vaholanki xom ashyoni, shu jumladan plastik idishlarni qayta ishlash energiya sarfini 70% ga kamaytiradi. Shuning uchun plastik suv idishlarni qayta ishlash katta foyda keltiradi va atrof-muhitni ifloslantirmaslik imkonini beradi.

Shu kunlarda Germaniyada yashayotgan hamyurtimiz 30 dona bir yarim litrgacha bo‘lgan suv idishlarni maxsus qutiga topshirib bir dona yog‘, bir kilo kartoshka, guruch, makaron va piyoz xarid qilganini videoga olib tarqatganining guvohi bo‘ldik.

 

Bu idishlar bor yo‘g‘i bir setkadan joy olgandi. Biz suv ichadigan plastik idishning og‘irligi katta-kichikligiga qarab 13 gramdan 20 gramgacha tosh bosarkan. Demak 30 dona «baklashka» nari borsa yarim kilo chiqadi. Yarim kilo plastik idishga hamyurtimiz 3-4 kunlik (bizning milliy pulimizga 80 ming so‘m bo‘larkan) oziq-ovqat muammosidan qutuldi.

Bizda 1 kg. baklashkaning narxi 2500 dan 3000 ming so‘mgacha. Demak biz 30 ta baklashkani nari borsa 1,500 (bir yarim ming) so‘mga pullay olamiz. Ya’ni 30 ta baklashkaga yarim kilo kartoshka sotib olish imkonimiz bor. Germaniyada yashayotgan hamyurtimizdek 80 ming so‘m ishlashimiz uchun 25 kg baklashka topshirishim kerak  – ya’ni 100 ta, yo‘g‘e 1000, obbo 2000 dona baklashka topshirishimizga to‘g‘ri kelarkan.

Amerikada esa bir dona baklashka 10 sent bo‘lsa, 1 dollar qilish uchun 10 idish yoki 100 dollar qilish uchun 1000 dona idish kerak bo‘ladi. Demak bizning 2000 dona yiqqan baklashkamiz Amerikada 200 dollarga almashtiriladi. Ayni paytda Amerikada sifatli birinchi raqamli plastmassaning bir tonnasi taxminan 400 dollar turadi.

Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, agar siz oyiga 5-6 ta baklashkada suv ichsangiz undan yiliga 40-60 dollar naqd pul ishlashingiz mumkin. Germaniyada esa plastik idishlarni qaytarish tizimi mavjud.

Idishni qabul qilish mashinasi (Pfanda avtomat)

Muayyan mahsulotlarni sotib olganingizda, siz konteyner uchun depozit ya’ni rfand to‘laysiz. Bo‘sh idishni qaytarib berganingizda, siz omonatingizni qaytarib olasiz. Bo‘sh idishlar qayta ishlanadi yoki qayta ishlatiladi. Pfand tizimi Germaniyada chiqindini saralashning muhim katta qismidir. 

Bo‘shagan idish uchun siz qaytarib oladigan mablag‘ 8 dan 25 sentgacha. Bu idish turiga bog‘liq. Bu idishlarda topshirish mumkin degan maxsus belgilar bor.

Siz ularni sotadigan har qanday do‘konda qaytarib berishingiz mumkin va siz pulni qaytarib olasiz.

Shisha, pivo idishlari, alyuminiy qutilar, bir martalik, ko‘p martalik  shisha va plastik butilkalar, yogurt idishlarini topshirish orqali siz omonatga ega bo‘lasiz.

Sut qutilari va butilkalari – ular sariq qayta ishlash qutisiga tashlanadi, ko‘pgina sharob idishlari – ular shisha qayta ishlash qutilariga kiritiladi va ushbu idishlar qatorida boshqa mamlakatlarda sotib olingan idishlarga pul to‘lanmaydi.

Agar siz konteynerda ushbu belgilardan birini ko‘rsangiz, unda «omonat», mavjud. Rfand logotipi ko‘pincha shtrix kodining yonida joylashgan.

Maqola tayyorlash asnosida baklashka topshirish punktiga shundoq mo‘raladim, keksaroq amaki katta qopda 15 kilodan oshiqroq baklashka uchun, (demak mingdan oshiq) 36 ming so‘m pul – omonatga ega bo‘ldi. Germaniyalik hamyurtimiz 30 dona baklashkaga 3-4 kunlik ovqat zahirasini xarid qilgan bo‘lsa, hamyurtimiz mingdan oshiq baklashkaga bir dona non, 10 dona tuxum va bir kilo makaron sotib oldi.

Barno Sultonova tayyorladi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring