Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada qo‘toslar haydovchilarga noqulaylik tug‘dirdi

Germaniyada qo‘toslar haydovchilarga noqulaylik tug‘dirdi

Foto:«Tibet Discovery»

Germaniya g‘arbidagi avtoyo‘lda qo‘toslar haydovchilarga noqulaylik tug‘dirdi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Beshta qo‘tos sakkiz soat davomida katta yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Magistral atrofida o‘tlab yurgan jonivorlarning yo‘lga nima sababdan chiqib qolgani ma’lum emas.

Hayvonlarni yo‘ldan haydashning uddasidan chiqa olmagan mas’ullar jonivorlarni ukol bilan uxlatishga majbur bo‘ldi.

Bir tonnadan ziyod vaznga ega hayvonlar kran bilan yo‘l chetiga olindi va o‘tloqqa qo‘yib yuborildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring