Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» o‘z nomini o‘zgartiradi

«GM Uzbekistan» o‘z nomini o‘zgartiradi

«GM Uzbekistan» kompaniyasi o‘z nomini o‘zgartirmoqchi. Xabarga ko‘ra, bu bir necha oy ichida amalga oshadi. Bu haqda bugun, 5-fevral kuni Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘i ma’lum bo‘ldi.

Kompaniya xabar berishicha, yangi nom haqida alohida e’lon qilinadi. O‘zgarishga «O‘zavtosanoat» «General Motors»ning ulushini sotib olgani sabab sifatida keltirilmoqda.

Xabar berilishicha, o‘tgan 2018-yili 25,5 million AQSh dollari qiymatidagi avtomobillar va butlovchi qismlar eksport qilingan. 2019-yilda ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Kompaniya mahsulotlari eksport qilinayotgan mamlakatlar qatoriga Afg‘oniston ham qo‘shiladi.

«GM Uzbekistan» 2018-yili 220 667 dona avtomobil ishlab chiqargandi. Kompaniya uchun tarixiy rekord ham 2018-yil dekabrida qayd etildi — 34 117 dona avtomobil ishlab chiqarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring