Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ofur Rahimov — AIBA prezidenti

G‘ofur Rahimov — AIBA prezidenti

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA)ning Kongressi yakunlandi. Bugun, 3-noyabr kuni ushbu tashkilotga prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlik saylovida o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov va Osiyo boks Konfederatsiyasi rahbari, qozog‘istonlik Serik Konakbayev ishtirok etdi.

Saylovda ishtirok etgan 134 mamlakat vakillaridan 86 tasi G‘ofur Rahimovga o‘z ovozini berdi va u g‘alaba qozondi. Endi Rahimov 2022-yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Ushbu Kongressda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring