Gonkongda yuk samolyoti dengizga tushib ketdi: ikki kishi halok bo‘lgan

Gonkong xalqaro aeroportida Dubaydan kelayotgan Boeing 747 yuk samolyoti qo‘nish paytida yo‘lakdan tashqariga chiqib ketib, dengizga tushib ketdi. Bu haqda Reuters aeroport ma’muriyatiga tayangan holda xabar berdi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 03:50 da ro‘y bergan. Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, samolyot turk aviakompaniyasi AirACT tomonidan Emirates uchun yuk reysini amalga oshirayotgan bo‘lgan.
Taxminlarga ko‘ra, samolyot yerdagi xizmat mashinasiga urilgan bo‘lishi mumkin. Chunki hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan ikki aeroport xodimi halok bo‘lgan. Avvaliga ular bedarak deb hisoblangan, keyin biri dengizdan o‘lik holda topilgan, ikkinchisi esa kasalxonada vafot etgan.
Aviahodisa oqibatida aeroportning shimoliy qo‘nish yo‘lkasi vaqtincha yopildi.
Samolyot ekipaji jabrlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter