Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Android o‘yinlarini endi Windows kompyuterlarida ham o‘ynash mumkin

Google Android o‘yinlarini endi Windows kompyuterlarida ham o‘ynash mumkin

Foto: «Techtoday.in.ua»

2022-yilda Google Play do‘konida mavjud bo‘lgan o‘yinlar Windows kompyuterlarida ham paydo bo‘ladi. Bu Microsoft bilan hamkorlik emas, balki Google tomonidan ishlab chiqilayotgan alohida dastur doirasida amalga oshiriladi. Bu haqida Google Play Games mahsulot direktori Greg Xartnel Android Game–2021 mukofotlari marosimida ma’lum qildi.

Google eng yaxshi Google Play o‘yinlarini kompyuterlarga olib kirishini aytadi, shuning uchun ilova faqat tanlangan o‘yin sarlavhalarini o‘z ichiga olishi mumkin.

Google kompaniyasining bu tashabbusi Microsoft va Amazon kompaniyalari qilgan ishlardan farq qiladi. Afsuski, Google juda ko‘p tafsilotlarni oshkor qilmadi. Biroq sahnada e’lon qilingan narsalarga asoslanib, bir nechta taxminlarni aytish mumkin.

Ya’ni Google bu mustaqil dastur ekanligini tasdiqladi. Boshqacha qilib aytganda, boshqa Windows ilovalari kabi Googledan ilovani yuklab olishingiz va o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi.

Google Play o‘yin platformasi bo‘lganligi uchun xuddi Android smartfonida bo‘lgani kabi Google Play hisobingizga kirishingiz kerak bo‘ladi. Google vakilining aytishicha, o‘yin o‘ynayotgan foydalanuvchi o‘yinni to‘xtagan joyidan davom ettirishi mumkin. Funksiya smartfonlar, planshetlar va noutbuklarda ishlaydi. Bu o‘yinni saqlash va bir platformadan boshqa platformaga o‘tkazish mumkin.

Yangi dastur haqida javobini topmagan hali ko‘p savollar mavjud. Masalan, u Windows 10 da ham mavjud bo‘ladimi yoki faqat Windows 11 da? Bu shunchaki Android emulyatormi yoki bu o‘yinlar mahalliy tartibda ham ishlaydimi? Aynan qanday o‘yinlar mavjud bo‘ladi? Pokemon Go kabi mobil o‘yinlar Windowsda qanday ishlaydi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring