Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gvardiola ishdan ketgach, nima bilan shug‘ullanishini aytdi

Gvardiola ishdan ketgach, nima bilan shug‘ullanishini aytdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa murabbiyligidan  ketsa tanaffusga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda

Mutaxassis shaharliklar bilan 2027-yilning yozida tugaydigan shartnomasini tugatishini, shundan so‘ng tanaffusga chiqishini ta’kidladi. "Nafaqaga chiqishimni bilmayman, lekin tanaffus qilmoqchiman. "Barcha murabbiylar g‘alaba qozonishni va o‘z mehnatlari bilan eslab qolishni istashadi", - dedi Gvardiola. 

 O‘tgan yilning dekabr oyida Gvardiola "Manchester Siti"ning yomon natijalari uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lganini aytdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uning uyqusi va ovqat hazm qilish tizimi buzilgan. 

Gvardiola “Siti”ni 2016-yildan buyon boshqarib kelmoqda.Ispaniyalik futbolchi inglizlar bilan birgalikda olti marta mamlakat chempioni bo‘lgan, ikki marta kubok, to‘rt marta futbol ligasi kubogi va ikki marta Angliya Superkubogi sohibi bo‘lgan. Gvardiola shuningdek, "shaharliklar" bilan Chempionlar ligasi, UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring