Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gvardiola Mourinoga yetib oldi

Gvardiola Mourinoga yetib oldi

Foto: «Readfootball.com»

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatidagi 25-sovrinni qo‘lga kiritib, Joze Mourino bilan tenglashib oldi.

24-fevral kuni Angliya ligasi kubogi finalida «shaharliklar» «Chelsi»ni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi — 4:3.

Bu Gvardiola «Manchester Siti» bilan qo‘lga kiritgan to‘rtinchi sovrin. U 14 ta sovringa «Barselona»da, 7 ta sovringa «Bavariya»da erishgan.

Joze Mourino esa «Portu», «Chelsi», «Inter», «Real» va «Manchester Yunayted» jamoalarida sovrinlar sohibiga aylangan.

Eng muvaffaqiyatli murabbiylar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda — Karlo Anchelotti (20 ta sovrin).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring