«Haj–2026» mavsumida ishtirok etish uchun yangi tartib joriy etildi

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi yangi qoidalarni tasdiqladi. Endi ziyoratchilarga haj vizasi faqat «Nusuk» platformasi orqali tibbiy sog‘lomlik guvohnomasi bo‘lganda beriladi.
Quyidagi holatlardagi shaxslar hajga yuborilmaydi:
— buyrak, yurak, o‘pka, jigar yetishmovchiligi;
— og‘ir ruhiy yoki nevrologik kasalliklar;
— oxirgi uch oydagi homiladorlik;
— faol yuqumli yoki onkologik kasalliklar.
Talab buzilsa, Haj vazirligi chora ko‘radi. Bu tartib hojilar sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter