Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya masalasi: har kim o‘zinikini ma’qullamoqda

Suriya masalasi: har kim o‘zinikini ma’qullamoqda

Foto: «Sky News»

BMT Xavfsizlik kengashi Rossiyaning taklifini rad etganidan keyin bir necha soat o‘tib, AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya Suriya masalasi bo‘yicha o‘z rezolyusiyasini bayon qilishdi.

«Interfax.ru»ning ma’lum qilishicha, ittifoqchilar bu loyihada kimyoviy qurol qo‘llanishini qoralab, bunday voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil mexanizm yaratilishini taklif qilishgan. Unga ko‘ra, Kimyoviy quroldan foydalanishni taqiqlovchi xalqaro tashkilot o‘ttiz kun ichida Suriyadagi kimyoviy qurol zaxiralari haqiqatan ham yo‘q qilingani yoki yo‘qligi haqida o‘z xulosasini berishi kerak.

Bundan tashqari, loyihada Suriyaning barcha hududiga gumanitar yordamlar yetib borishi ta’minlanishi, fevralda qabul qilinib, haligacha ijrosi ta’minlanmagan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiyaga amal qilinishi lozimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning rad etilgan rezolyusiyasida ittifoqchilarning harakatlari qoralanib, ular xalqaro huquq va BMT ustaviga xilof ish tutayotganlikda ayblangandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring