Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchilik guvohnomalari olish uchun imtihon IIVdan xususiy sektorga berilishi mumkin

Haydovchilik guvohnomalari olish uchun imtihon IIVdan xususiy sektorga berilishi mumkin

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari A.Ikromovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida bu haqida aytib o‘tildi, ­— deya xabar bermoqda deputat Rasul Kusherbayev.

Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi.

Bu jarayon 2021 yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda.

«Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi», deb yozadi deputat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring