Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hid va ta’m sezmay qolish faqat koronavirus bilan kasallangan holatda uchraydimi?

Hid va ta’m sezmay qolish faqat koronavirus bilan kasallangan holatda uchraydimi?

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov infeksiya bo‘yicha ayrim savollarga javob berdi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odamda kasallik alomatlari bo‘lmasa ham atrofidagilarga yuqtirishi mumkinmi?

Albatta, yuqtirishi mumkin. Mutaxassislar tomonidan bir necha marotaba takrorlanganidek, koronavirus infeksiyasini simptomsiz kechirayotgan bemorlar ham virus yuqishiga sababchi bo‘lishadi.

Hid va ta’m sezmay qolish faqat koronavirus bilan kasallangan holatda uchraydimi?

Yo‘q, albatta. Koronavirus bilan kasallanmagan bemorlarda ham hid va ta’m yo‘qolishi belgilari bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklarda ko‘proq uchraydi.

Men 2 oy oldin COVID-19 bilan kasallanib shifoxonada davolanib chiqdim. Qaytadan kasallanishim mumkinmi?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda turg‘un immunitet shakllanadi. Ba’zi olimlarning firkicha, turg‘un immunitet 2 oygacha, oxirgi izlanishlarga ko‘ra olti oygacha saqlanib qolishi aniqlangan. Tadqiqotlarda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari tasdiqlanmagan.

O‘qituvchilar majburan gripga qarshi emlandi. Bu COVID-19 dan qanday himoya qilishi mumkin?

Gripp ham koronavirus kabi virus turi hisoblanadi va har mavsumda qaytalandi.

Grippga qarshi emlash choralari ko‘rilganda grippga chalinish xavfining oldi olinadi. Biroq bu koronavirus infeksiyasidan himoya qilmaydi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash o‘tkazilmaguncha uni yuqtirish xavfi saqlanib qoladi.

COVID-19 pnevmoniyasi bilan kasallanib tuzaldim. Sochim ko‘p to‘kilyapti, kasallik oqibati bo‘lishi mumkinmi?

Koronavirus infeksiyasiga chalinib tuzalganidan keyingi oqibatlar haqida juda ko‘plab savollar tug‘ilyapti. Soch to‘kilishi ham koronavirus oqibatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Siz teri mutaxasissisligi bo‘yicha shifokorga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

3 kun oldin COVID-19ga PZR test topshirgandim, natija musbat chiqdi. Faqat burun bitishi va qon bosimi ko‘tarilishi bor. Qaysi shifokorga uchrashishim kerak?

Bunday holatda oilaviy poliklinika shifokoriga murojaat qilasiz. Agar tana harorati yuqori bo‘lib, nafas yetishmasligi kuzatilsa tez yordam chaqirishingiz kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring