Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida «havo yo‘lagi» ochilishi mumkin

Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida «havo yo‘lagi» ochilishi mumkin

21-avgust kuni Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (FICCI) tomonidan «Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida havo koridorini tashkil etishning istiqbollar» (The Way Forward for Developing India-Central Asia Air Corridor) mavzusida vebinar o‘tkazildi.

Vebinarda hindistonlik ishtirokchilar tomonidan ayni vaqtda Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi siyosiy munosabatlarga nomutanosib ekani, ayniqsa, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan va ishlab chiqarilayotgan tabiiy mahsulotlarni Hindiston bozoriga olib kelish hamda hind tovarlarini Markaziy Osiyoga yetkazib berish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Bu boradagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro «havo yo‘lagi»ni tashkil etishning muhimligi aytib o‘tildi.

Bunday koridorning ochilishi natijasida Hindistondan mintaqa mamlakatlariga yetkazilayotgan mahsulotlarni vaqt va mablag‘ tejagan holda dunyoning boshqa davlatlariga, xususan Yevropaga olib borish va, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo tovarlarini Hindiston orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bozoriga kirishi uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi haqida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning istiqbollariga alohida to‘xtalgan holda, ikki mamlakatning savdo-sotig‘i tobora kengayib borayotgani, respublikamizning turli sohalarda eksport imkoniyatlari ortayotgani, shuningdek O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, quritilgan mevalar, asal, limon, qovun hamda Hindistondan banan, mango va boshqa turdagi mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish imkoniyatlari mavjudligi borasida ham fikr almashindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring