Hindiston vitse-prezidenti koronavirusga chalindi
Hindiston vitse-prezidenti Venkayya Naydu yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. COVID-19ga topshirgan test natijalari musbat chiqdi.
«Bugun ertalab Hindiston vitse-prezidentining COVID-19ga topshirgan test natijalari musbat chiqdi», — deyiladi «Twitter»da.
Mahkamada ta’kidlanishicha, siyosatchida kasallik alomatlari mavjud emas. Hozir u uy karantinida.
Bundan tashqari, Nayduning rafiqasi ham koronavirusga test topshirgan. Uning natijalari manfiy chiqdi. Shunga qaramay, ayol ham izolyasiyaga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter