Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimdan norozi deputatlar Prezidentga murojaat qilgani aytilmoqda

Hokimdan norozi deputatlar Prezidentga murojaat qilgani aytilmoqda

Illyustrativ foto

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani mahalliy kengashining bir guruh deputatlari tuman hokimi Otabek Rasulov faoliyatidan norozi bo‘lib, mamlakat Prezidenti va boshqa respublika rahbarlik idoralariga shikoyat yozgani aytilmoqda.

Arizada hokimning go‘yoki davlat mulkini talon-toroj qilish, yer sotish, budjet mablag‘larini noo‘rin sarflash, kadrlar siyosatidagi shoshqaloqlik, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotganidan tashqari ma’naviy-axloqiy tomondan «teskari o‘rnak» bo‘layotgani ham qayd etiladi. Shuningdek, 2019 yilda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va mahalliy Kengashlarga saylov jarayonida Otabek Rasulov siyosiy partiyalarga tazyiq o‘tkazib, OAVda nomzodlar ro‘yxati chiqishiga bir kun qolganda o‘ziga qarashli o‘nlab nomzodlarni o‘zboshimchalik bilan almashtirgani ham ta’kidlanadi.

Deputatlar tuman hokimining ishini alohida o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilib, unga o‘zlari ham jalb etilishini so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov o‘n to‘qqizga to‘lgan qizining tug‘ilgan kunini karantin qoidalari va rahbar ma’naviyatiga zid tarzda o‘ta dabdaba bilan nishonlangani ortidan jiddiy tanqidlarga uchragandi. Ayni tanqidlarga hamon munosabat bildirilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring