Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlar telegramda faollashmoqda

Hokimlar telegramda faollashmoqda

Foto: «Izvestiya»

Pastdarg‘om va Kattaqo‘rg‘on tumani hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi telegram orqali murojaatlarni qabul qila boshladi. Bu haqda «Zarnews» xabar berdi.

Pastdarg‘om tumani hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovich +99897 408-60-02 raqami orqali, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Bahromov A’zamxon Usmonovich +99897 286-90-06 raqami orqali, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Hoshimov Muzaffar Kazimovich +99899 595-20-29 raqami orqali murojaatlarni qabul qiladi.

Xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida aniq ma’lumot olish maqsadida tashkil etilgan telegram messenjerlari orqali fuqarolar nafaqat shaxsiy, balki tuman, shahardagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda uchrayotgan muammolarni ko‘tarib chiqishlari mumkinligi bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring