Hokimlik: Poytaxtda isitish mavsumi to‘liq yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda isitish mavsumi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Hokimlik qayd etishicha, maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha ob’yektlarining 100 foiz qismi isitishga ulangan. Shuningdek, ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarning 95 foiziga isitish yetkazilgan.
Aholiga, agar uyda isitish bir maromda bo‘lmasa yoki texnik nosozliklar kuzatilsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilish tavsiya etilmoqda:
Qo‘ng‘iroq markazi: 1347, (71) 200-00-56;
Yashash manzili bo‘yicha Veolia Energy Tashkent tuman boshqarmalari.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter