Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hududgaz Toshkent»ning «ishkali» sababi ochildi

«Hududgaz Toshkent»ning «ishkali» sababi ochildi

Illyustrativ foto

Shu yilning 23-24-fevral kunlari ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minotidan uzilib qo‘yilganligi hamda elektron gaz hisoblagich o‘rnatilgan xonadonlarda gazning avtomatik tarzda o‘chib qolishi va to‘lov mavjud bo‘lganiga qaramay tarmoqqa qayta ulanish muammolari ko‘plab keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Aholi gaz ta’minoti idoralarida erta tongdan kechgacha navbatda tursa ham muammosi hal bo‘lmay qolgani uchun bunday e’tiroz bildirishga majbur bo‘lgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, Agentlik o‘z vakolati doirasida Toshkent viloyatining Toshkent  va Yangiyo‘l tumanlaridagi vaziyatni joyiga chiqqan holda o‘rganib, muammolarni barataraf qilish yuzasidan bir qator tezkor tadbirlarni amalga oshirdi.

Muammo sabablarini o‘rgangan holda, Agentlikning Toshkent viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filialiga tabiiy gazni yetkazib berishda iste’molchilarning ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo‘luvchi omillarni tezkor ravishda bartaraf qilish to‘g‘risida so‘rov xati yuborildi va shu kunning o‘zida 150 nafarga yaqin iste’molchilarni gaz ta’minotiga qayta ulanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda o‘chib qolishi bo‘yicha murojaatlarni o‘rganish doirasida elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani va mazkur dalolatnoma asosida «CSV» bazasiga ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilganini aniqladi.

Buning oqibatida bir nechta xonadondagi hisoblagichlar bo‘yicha seriya raqami bazaga bir xil kiritilgan bo‘lib, bu holat bitta qarzdor abonent bilan bir qatorda, boshqa haqdor abonentlarning ham tarmoqdan o‘chirilishiga olib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring