Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichki ishlar tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Ichki ishlar tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: IIV

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlarida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Vafoyev Mahkam Mirjonovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, podpolkovnik Ashrapov Ramazon Ahmadxo‘jayevich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, podpolkovnik Sharipov Shoxruh Shodiyevich Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring