Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB: «Ichki ishlar xodimlari yangi forma bilan ta’minlanadi»

IIBB: «Ichki ishlar xodimlari yangi forma bilan ta’minlanadi»

Foto: «Xabar.uz»

Yaqin oylar ichida ichki ishlar tizimi xodimlari uchun yangi formalar jamoatchilikka taqdim etiladi. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ma’lum qildi, deb xabar berdi «Kun.uz».

«Yangi formalar har qanday rasmiy chiziqlardan xoli va qulay bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Chunki jamoatchilik orasida yuruvchi, operativ jarayonlarda ishtirok etuvchi ichki ishlar xodimi chaqqon bo‘lishi lozim. Ammo eng muhimi forma emas, forma ichidagi inson – ya’ni ichki ishlar xodimning malakasi, ishga munosabati, vijdonliligi. Hozir yangi forma masalasi atroflicha ko‘rib chiqilyapti, tez orada taqdim qilamiz», – degan Rustam Jo‘rayev maxsus brifingda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring