Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIBB Yunusoboddagi «Cristal» supermarketida yuz bergan yong‘in bo‘yicha axborot berdi

IIBB Yunusoboddagi «Cristal» supermarketida yuz bergan yong‘in bo‘yicha axborot berdi

Foto: «iibb.uz»

Bugun, 12-iyul kuni taxminan soat 13:47 da Toshkent shahar IIBB YXBga Yunusobod tumani Yunus ota ko‘chasida joylashgan «Kristall» supermarketining 4-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi, deyiladi IIBB axborotida.

Ma’lumotga ko‘ra, binoning faqat 1-qavati ishlayotgan bo‘lgan.

Voqea joyiga 5 daqiqada birinchi yordamchi kuchlar yetib keldi, jami bo‘lib 6 ta jangovar maxsus o‘t o‘chirish mashinasi va ikkita yong‘in narvonlaridan foydalanildi.

Soat 14:11 da yong‘in jilovlandi va soat 14:18 da butunlay bartaraf etildi. Yong‘in xavfsizligi xodimlarining tezkor harakatlari natijasida olov binoning boshqa qavatlariga tarqalmadi va hech kim jarohatlanmadi. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring