Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy xodimlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar jarimaga tortiladi

Ijtimoiy xodimlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar jarimaga tortiladi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy xodimlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ–1102-son, 17.12.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha loyihaning alohida bo‘limi mavjud bo‘lmagan holda ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish:

- BHMning 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boshqarmalari,«Inson» markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, ularning qonunchilikda belgilangan talablarini bajarmaslik:

- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslik, -

- mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutildi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida BHMning 100 baravarigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalariga daromad solig‘i solinmaydi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Bundan tashqari, ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish uchun mazkur Agentlikka ma’lumotlarga ishlov berish vakolati berilishi nazarda tutildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring