Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk bor jazoni ijro etish muassasasida yoshlar yetakchisi ish boshladi

Ilk bor jazoni ijro etish muassasasida yoshlar yetakchisi ish boshladi

Jazoni ijro etish muassasasi.

Foto: «Xabar.uz»

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasining jazoni ijro etish muassasasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotini tuzildi. Bu haqida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bo‘lim mudiri Ahror Sodiqov ma’lum qildi.

Muassasaning Yoshlar yetakchisi lavozimiga tavsiya etilgan 3 nafar nomzoddan eng ko‘p ovoz to‘plagan Usmonjon Xolmo‘minov ushbu vazifaga loyiq deb topildi.

— Endilikda jazoni ijro etish muassasasida ish boshlaydigan Yoshlar ittifoqi yetakchisi muassasaning yosh xodimlari va mahkumlarning muammo va tashvishlari bilan shug‘ullanadi, — deydi ittifoqning viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring