Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilk selfi muzeyi ochildi

Ilk selfi muzeyi ochildi

Foto: «Reuters»

AQShning Los-Anjeles shahrida dunyodagi ilk selfi muzeyi ochildi. Bu haqda «Euronews» xabar qildi.

Turmushimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan qo‘l telefonlari orqali tasvirga olingan selfi suratlari muzeyi ayni paytda interaktiv san’at galereyasi hisoblanadi. Haykallar, kino va filmlarni suratga olish jarayonida qo‘llanadigan ashyolar tomoshabinlarning selfiga tushishi uchun shay holatga keltirilgan.

Bor-yo‘g‘i ikki oy faoliyat yuritadigan va dunyoning bir necha davlatiga «sayohat» qiladigan sayyor muzeyda selfi madaniyati, tarixi va selfiga oid qiziqarli ma’lumotlarni ham o‘qish mumkin. Misol uchun: «Ayollar erkaklarga nisbatan ko‘proq selfiga tushar ekan. Masalan, Nyu-Yorkda selfiga tushganlarning 61 foizi, Moskvada esa 82 foizi ayollardir».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring