Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask o‘z universitetini ochmoqchi

Ilon Mask o‘z universitetini ochmoqchi

Foto: «Ferra»

Ilon Mask «Forbes» reytinglari tarixida eng boy odamga aylangani haqida yozgandik.

Albatta, qariyb 300 mlrd. dollarga ko‘p ishlar qilsa bo‘ladi. Masalan, universitet ochish. Bu haqda Ilon Maskning o‘zi «Twitter»da ma’lum qildi. U orzusidagi oliy ta’lim muassasasini Texasda bunyod etmoqchi. Tadbirkorning o‘zi bu shtatga ko‘chib o‘tgan, tez orada butun «Tesla» jamoasi unga qo‘shiladi.

Mask hatto universitetga nom ham topib qo‘ygan, uning rejasiga ko‘ra ta’lim muassasasi «Texas fan va texnologiyalar instituti» deb nomlanadi.

Loyiha qachon amalga oshirilishi haqida sayyoramizning eng boy kishisi tafsilotlar qoldirmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring