Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada 5,4 balli zilzila kuzatildi

Indoneziyada 5,4 balli zilzila kuzatildi

Foto: «AA.com»

Indoneziyada 5,4 balli zilzila kuzatildi, deya xabar beradi «Anado‘lu» axborot agentligi.

Indoneziya Meteorologiya, iqlim va geofizika tashkiloti (BMKG)dan ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat Tambrau shahridan 69 kilometr janubiy-g‘arbda, yerning 20 kilometr qa’rida yuzaga kelgan.

Zilzila oqibatida halok bo‘lgan yoki jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, shu yil iyul oyi oxiri va avgust oyi boshlarida Lombok orolida 6,3, 6,9 va 7 balli zilzila sodir bo‘lgan, buning oqibatida 563 kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring