Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«InnoWeek»: birinchi kunda 9 ta memorandum imzolandi

«InnoWeek»: birinchi kunda 9 ta memorandum imzolandi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

«InnoWeek» doirasida 23-oktyabr kuni Xalqaro innovatsion-investitsion forum va Xalqaro innovatsion ko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Haftalikning ilk kunida BMT Taraqqiyot dasturi, Angliya, Italiya, Isroil, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston korxonalari, hamda O‘zbekistondagi xorijiy kompaniyalar bilan Anglashuv memorandumlari imzolandi. Mazkur bitimlar innovatsiya laboratoriyalari, ikkilamchi energoresurslar, davlat axborot tizimlari, sog‘liqni saqlash, robototexnika, muqobil energiya kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

BMT Taraqqiyot dasturi bilan imzolangan hujjat davlat boshqaruvi masalalarini rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonlari samaradorligini oshirishga davlat xizmatchilari malakasi oshishiga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishga qaratilgan. Shuningdek, davlat xizmatlarining fuqarolar va tadbirkorlar uchun sifatini yaxshilashga va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Qozog‘istonning «KAZROBOTIKS» Ta’lim va sport robototexnika federatsiyasi bilan imzolangan Anglashuv memorandumining maqsadi ta’lim robototexnikasi sohasida hamkorlik, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va ta’lim robototexnikasiga bag‘ishlangan boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish, mazkur sohaga oid amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va ularni kiritish, shuningdek ta’lim robototexnikasi sohasida ikki mamlakat tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishdan iborat.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

«Xitoy markazi» Kembrij innovatsion parki bilan ham memorandum imzolandi va Londonda O‘zbekiston-Xitoy texnoparkini ochish imkoniyatlari haqida muzokaralar olib borildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring