Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson boshqa sayyoralarda qancha vaqt yashay oladi?

Inson boshqa sayyoralarda qancha vaqt yashay oladi?

Foto: NASA

Oyga parvoz, osmosning o‘zlashtirilishi, Marsning «yerlashtirilishi»: insoniyat o‘zini Quyosh tizimining to‘liq egasi deya hisoblamoqda. Bu qanchalik haqiqat, biz kosmosda (Mars, Merkuriy, Venera va hokazo sayyoralarda) yashab keta olamizmi? Olimlar bu savollarga javob izlashdi, Mars, Merkuriy va boshqa Quyosh sayyoralarida inson qancha vaqt yashay olishini mavjud ma’lumotlar asosida hisoblab chiqishdi.



Merkuriy. Quyoshga eng yaqin joylashgan bu sayyorada odam 0,001 soniyadan ortig‘iga dosh bera olmaydi. Ortiqcha izohning hojati yo‘q...
Harorat: kunduzi — +427 °C, kechasi — -173 °C.

Venera. Sayyora atmosferasining 98 foizi karbonat angidrid gazidan iborat, kamiga u sulfat kislota bulutlari qurshovida. Bu «kimyo laboratoriyasi»da odam bir soniya (0,94 soniya) ham yashay olmasdi (haroratning o‘ta yuqoriligi alohida mavzu).
Harorat: +470 °C.

Mars. Ammo bizni apelsinrang Mars ko‘proq qiziqtirmoqda. Shuning uchun ham Elon Maskning butun diqqati «Qizil sayyora»ga qaratilgan-da. Agar yengilroq skafandr bo‘lsa, odam bu yerda bir necha kun, skafandrsiz esa 80 soniya yashay olarkan.
Shuni ham unutmaslik kerak, Mars atmosferasi 95 foiz karbonat angidrid gazidan tashkil topgan.
Harorat: o‘rtacha -55 °C, ekvatorda 20 °C, qutblarda -153 °C.

Yupiter — Quyosh tizimidagi eng yirik bu sayyorada inson 1 soniya yashay oladi. Ammo «qattiq yer»ga oyoq qo‘yishga umid qilmasa ham bo‘ladi, Yupiter asosan vodorod va geliydan iborat ulkan gaz qoplamidan iborat.
Harorat: qattiq yuzasi bo‘lmagani uchun sayyoraning haroratini o‘lchash qiyin. Shunga qaramay, Yupiter atmosferasining yuzasida olib borilgan o‘lchashlar bu -145 °C ekanini ko‘rsatdi. Atmosfera bosimi Yernikidan o‘n karra yuqori qismida harorat 21 °C, sayyora yadrosida esa Quyosh yuzasidagidan ham yuqori — 35 700 daraja issiq.

Saturnda inson bir soniya ham yashay olmaydi. Gap bu yerdagi zaharli gazlar haqida ham emas. Bu yerda shamol tezligi soatiga 1800 kilometrga yetadi. Chunki sayyora o‘z o‘qi atrofida Quyosh tizimidagi barcha qo‘shnilaridan bir necha baravar tezroq aylanadi.
Harorat: o‘rtacha -178 daraja sovuq.

Uran sayyorasi zich suyuqlik (suv, ammiak, va metan aralashmasi) bilan qoplangan. Inson bu yerga qadam qo‘yishga ulgurmayoq (hatto skafandrda bo‘lsa ham) erib ketadi. Bu sayyora inson uchun emas...
Harorat: Uran Quyosh tizimidagi eng sovuq sayyora — 224 °C .

Neptunda ovoz tezligiga yetuvchi shamollar esadi, inson bu yerda bir soniya ham yashay olmagan bo‘lardi.
Harorat: -218 °C.

Albatta, bular olimlarning farazlari. Bir tomon issiq, bir tomon sovuq, zaharli gazlar... Sayyoralar ichida inson yashashi uchun Yerdan qulayi yo‘q — ona zaminimizdan qo‘ymasin!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring