Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet haqida nimalarni bilasiz?

Internet haqida nimalarni bilasiz?

Foto: «Change.org»

Bugungi kunda butun dunyoda axborot almashinuvining eng qulay vositasi hisoblangan internet 1969-yilda AQSh mudofaa vazirligi tomonidan harbiy maqsadlarda ishlab chiqilgan. Ammo u vaqt o‘tishi bilan ommalashib, oddiy aholi uchun ham qulay axborot va kommunikatsiya tizimiga aylandi.

  • 1991-yilda internetdagi birinchi veb-sayt angliyalik Tim Bernars Li tomonidan yaratilgan. Shuning uchun ham uni dunyoning birinchi veblogi deb atashadi. 2003-yilda Bernars Liga hukumat tomonidan ritsar unvoni berildi.
  • 2003-yilning noyabrida xitoylik Chjan Naymin internetda fayl tarqatgani uchun 3 oylik qamoq bilan jazolandi. Bu dunyodagi bunday qilmish uchun qo‘llangan dastlabki qamoq jazosi hisoblanadi. Naymin Amerika kinoijodkorlari suratga olgan bir nechta filmni «BitTorrent P2P» texnologiyasi yordamida jahon veb tarmog‘ida tarqatib yuborgan edi.
  • Chat orqali suhbatlashish natijasida 2005-yili Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish holatlari kuzatildi. Kibersid deb ham ataluvchi bunday holatga 54 erkak va 37 ta ayol tushgan.

Shuningdek, internetda ilk…

...elektron pochta (e-mail) Rey Tomplinson (AQSh) tomonidan 1971-yilda kashf qilingan.

...spam muallifi Geri Turk (AQSh, 1978).

...smaylik J 1982-yilda Skott Falman (AQSh) tomonidan ixtiro qilingan.

...ro‘yxatga olingan domen «Simbolics.com» deb atalgan. U 1985 yilda dunyo yuzini ko‘rgan.

...JPEG «JPEG» guruhining 1987-yildagi kashfiyoti hisoblanadi.

...gipermatn brauzeri, veb-sayt va veblog Tim Bernars Li shaxsi bilan bog‘liq (1991).

...«MP-3» Frauxofer instituti olimlari tomonidan 1992-yilda ommaga tanishtirilgan.

...internet-brauzer AQShdagi Superkompyuterlarni tadqiq qilish milliy markazi tadqiqotchilari mehnatining samarasidir (1993).

...internet-radiostansiya «Radio NK» deb nomlanadi. U 1995-yildan o‘z faoliyatini boshlagan.

...so‘z «log».

O‘zbekistonda ilk…

...elektron pochta 1993-yilda ochilgan (Relcom).

...«uz» domeni 1995-yilning 29-aprelida tashkil etilgan.

...internet festival 2001-yilda namoyish etilgan.

...«dial-up» 2003-yilda paydo bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring