Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Terrorchilar hujumidan so‘ng Kongo qamoqxonasidan 900 ga yaqin mahbus qochib ketdi

Terrorchilar hujumidan so‘ng Kongo qamoqxonasidan 900 ga yaqin mahbus qochib ketdi

Foto: «The New York Times»

Kongo demokratik respublikasining Beni shahrida IShID terrorchilar guruhi jangarilari hujumidan so‘ng qamoqxonadan 900 ga yaqin mahbus qochib ketdi, deb yozadi «The New York Times».

Qayd etilishicha, terrorchilar Kangbayi markaziy qamoqxonasi va uni himoya qiluvchi harbiy lagerga hujum qilishgan. Shahar meri Modeste Bakvanamaxaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus asbob yordamida darvozani buzib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Natijada mingga yaqin mahbus saqlanayotgan qamoqxonada atigi 100 kishi qolgan. Hozircha birorta ham terrorchilik guruhi sodir bo‘lgan voqealar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Biroq Bakvanamaxaning fikricha, hujum IShID boshqaruvidagi harakatlarning biri tomonidan uyushtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring