Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ishsizlar uchun bepul maslahatlar

Ishsizlar uchun bepul maslahatlar

Foto: «Sputnik»

Har bir fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra ish joyi tanlash va tanlagan ish joyi bo‘lmish tashkilot va muassasasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki hech qanday to‘lovlarsiz yordam beruvchi Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlari bo‘lmish Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarda ishsizlar ishga joylashish, ish tanlashda yordam olish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish va boshqa shu kabi masalalarda ko‘mak olishlari mumkin.

Ish izlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Bandlikka ko‘maklashish markazlari yurtimizning barcha shahar va tumanlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab, har oyda ish.mehnat.uz saytida e’lon qilib bormoqda. Murojaat etuvchilar saytga o‘z ma’lumotnoma(rezyume)larini joylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona va tashkilotlarga jo‘natish imkoniyatiga ega.

«Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasiga ko‘ra ishsizlarga ishsizlik nafaqasini to‘lash, ishsiz shaxsga qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish va boshqa huquqlar davlat tomonidan kafolatlanadi.

Davlat:

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota va yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;

o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy o‘quv yurtlarining davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilariga;

O‘zbekiston qurolli kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlarga;

nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;

odam savdosidan jabrlanganlarga ishga joylashishda qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

Bobur Karimov,

Adliya vazirligi mas’ul xodimi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring