Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islom taraqqiyoti banki bilan OTMlar rivoji uchun 60 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi

Islom taraqqiyoti banki bilan OTMlar rivoji uchun 60 million dollarlik loyiha amalga oshiriladi

Islom taraqqiyoti banki bilan hamkorlikda O‘zbekiston OTMlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabarida aytiladi. 

Oliy ta’lim tizimida Islom taraqqiyot banki investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan «Oliy ta’lim muassasalarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash» loyihasi ish faoliyatini boshladi.

Loyihaning umumiy qiymati 60,5 mln. AQSh dollari miqdorida bo‘lib, bunda Islom taraqqiyot banki mablag‘lari 47,72 mln. AQSh dollari va O‘zbekiston Respublikasi ulushi 12,81 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Loyihaning asosiy maqsadi respublika miqyosida 50 ta OTMni zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlashdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring