Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniyada kuchli jazirama sabab 36 kishi halok bo‘ldi

Ispaniyada kuchli jazirama sabab 36 kishi halok bo‘ldi

Foto: Pinterest

Ispaniyaning katta qismini kuchli issiqlik to‘lqini qamrab oldi.

Mamlakat janubi-g‘arbiy qismida harorat deyarli 40 darajaga yetdi. Reuters agentligining xabar berishicha, rasmiylar «sariq» ogohlantirish darajasini e’lon qilishdi. 

May oyining o‘rtalaridan beri mamlakatda yuqori harorat saqlanib qolmoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, so‘nggi ikki hafta ichida haddan tashqari issiqlik tufayli kamida 36 kishi vafot etgan.

Sevilya, Kordova va Saragosa jazirama issiqning markazida qolmoqda. Ushbu shaharlar aholisiga ko‘proq suv ichish, ochiq havoda o‘tkaziladigan vaqtni cheklash va quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring