Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada vulqon «uyg‘ondi» (video)

Ispaniyada vulqon «uyg‘ondi» (video)

Foto: «RIA Novosti»

Kanar vulqon instituti (INVOLCAN) ma’lumotlariga ko‘ra, Palma (Kanar orollari, Ispaniya) orolida vulqon otilishi boshlandi.

«Palmada vulqon otilishi endigina boshlandi», — deyiladi institutning Twitterdagi sahifasida.

Institut vulqon otilishi tasvirini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Tahdid darajasi sariqdan to‘q sariqgacha ko‘tarildi. Viloyat yo‘llari yopib qo‘yildi.

Avvalroq Ispaniya milliy geografiya instituti Palma orolida seysmik faollik kuchayganini qayd etgan, rasmiylar harakati cheklangan odamlarni evakuatsiya qila boshlagan.

Institut Palma orolidagi Kumbre-Vexa vulqoni hududida bir hafta ichida 25 mingdan ortiq zilzila qayd etilganini ma’lum qildi. Eng kuchli yer silkinishi —  Rixter shkalasi bo‘yicha 4,2 ball — yakshanba kuni yuz berdi.

Oxirgi marta Palma orolida vulqon otilishi 1971-yilda qayd etilgan. O‘shanda Tenegiya vulqoni «uyg‘ongandi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring