Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-markaz tinglovchilari Xalqaro festivalda g‘olib bo‘lishdi (foto)

IT-markaz tinglovchilari Xalqaro festivalda g‘olib bo‘lishdi (foto)

Foto: «Mitc.uz»

InnoWeek doirasida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turk bolalar ta’limi va madaniyati festivalida IT-park Toshkent filiali IT markazining robototexnika bo‘yicha yosh tinglovchilari g‘alaba qozonishdi.

Tanlovda:

- konchilar va o‘t o‘chiruvchilarga o‘z ishlarida yordam beradigan «Aqlli bosh kiyim» ixtirosini taqdim etgan Komilova Xonzoda va Boyqo‘ziyeva E’zoza;

- o‘simliklarni avtomatlashtirilgan sug‘orish bo‘yicha o‘z ishlanmasi bilan ishtirok etgan Ergashev Asilbeklar g‘olib deb topildi.

Shu munosabat bilan, g‘oliblarini festival tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliqlar, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring