Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon bozorida shakar keskin qimmatlashishi kutilmoqda

Jahon bozorida shakar keskin qimmatlashishi kutilmoqda

Illyustrativ foto

«El-Nino» anomal meteorologik hodisasi tufayli Hindistonda shakarqamish hosili jiddiy xavf ostida qoldi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda ekspertlarning ogohlantirishicha, dunyoda shakar ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan ushbu mamlakatning asosiy dehqonchilik hududlarida hozirdanoq suv taqchilligi va qurg‘oqchilik kuzatilmoqda.

Bu yil Hindistonda shakar ishlab chiqarish hajmi yillik hisobda odatdagidan 3-8 million tonnagacha kam bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Vaziyatdan kelib chiqib, Hindiston hukumati shakar eksportini vaqtincha to‘xtatishini e’lon qildi.

Agar mamlakat xorijga mahsulot yetkazib berishni butunlay cheklasa va ikkinchi yirik ishlab chiqaruvchi bo‘lgan Braziliya ushbu bo‘shliqni tezlik bilan to‘ldira olmasa, jahon bozorida shakar taqchilligi yuzaga keladi.

London birjasida oq shakar fyucherslari allaqachon tonnasiga 660 dollardan oshib ketgan bo‘lsa, eksport to‘liq to‘xtatilgan taqdirda narxlar 750–800 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

Shakar narxining bunday keskin qimmatlashishi global oziq-ovqat xavfsizligiga, ayniqsa, importga qaram bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlarga og‘ir zarba bo‘ladi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Afrika va Janubiy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida mahsulotning qimmatlashishi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy oziq-ovqat savatining umumiy qiymatini 10–15 foizga oshirib yuboradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring