Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev murojaatlarga o‘z vaqtida javob bermagan tuman hokimlarini ogohlantirdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev murojaatlarga o‘z vaqtida javob bermagan tuman hokimlarini ogohlantirdi

Foto: «xabar.uz»

2019 yil 18 mart kuni Toshkent shahar hokimi J.A.Ortiqxo‘jayev raisligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi va ularga mutasaddi rahbarlarning munosabati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar va tuman hokimliklari, mahalliy davlat boshqaruv organlariga tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, hal etilishi hamda o‘z vaqtida asosli javob berishiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Muhokama jarayonida Yakkasaroy tumanida 29 ta, Olmazor tumanida 16 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 14 ta, Shayhontoxur tumanida 13 ta va Sergeli tumanida 11 ta murojaat belgilangan muddatda ijro etilmaganligi tanqid qilinib, tuman hokimliklari ogohlantirildi.

Shu bilan bir qatorda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonun doirasida hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring