Jahonnning eng boy shaharlari aniqlandi
Tokio.
Yaponiya poytaxti Tokio sayyoramizning 2025-yildagi eng boy shahri deya e’tirof etildi. Shahar yalpi ichki mahsuloti (YIM) hajmi 2,55 trln dollarga yetdi.
Jahonning 300 ta eng boy shahri reytingi CEOWORLD Magazine jurnali tomonidan tuzildi.
Ta’kidlanishicha, Tokio qatorasiga 2025-yilda ham ushbu maqomni qo‘lga kiritdi.
Eng boy shaharlar ro‘yxatida 2-o‘rinni Nyu-York (YIM hajmi — 2,49 trln dollar), 3-o‘rinni Los-Anjeles (1,62 trln dollar) band etdi.
Keyingi o‘rinlarda London (1,47 trln dollar), Seul (1,42 trln dollar) va Parij (1,39 trln dollar) joylashdi. Tadqiqotga ko‘ra, reytingdagi yetakchi 10 ta shaharga jahon yalpi ichki mahsulotining uchdan bir qismi to‘g‘ri keladi. Eng boy shaharlar ro‘yxatida Markaziy Osiyodan bironta shahar yo‘q.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter