Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jala tufayli Shanxayda parvozlar bekor qilindi

Jala tufayli Shanxayda parvozlar bekor qilindi

Foto: «RIA Novosti»

«Xitoyning Shanxay shahriga «Yagi» to‘foni yaqinlashishi arafasida jala quyayotgani tufayli 116 ta parvoz bekor qilindi», — deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da shahar aeroportiga 495 ta havo kemasi qo‘ngan. Shundan 489 ta samolyot uchib ketgan. Bir qancha parvozlar 2-4 soatgacha kechiktirilayapti.

Noqulay ob-havo sababli Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasidan Shanxay shahriga uchmoqchi bo‘lgan bir necha samolyotlar qatnovi to‘xtatilgan.

Shu yil hisobidan «Yagi» to‘foni 14 marta Xitoyning sharqiy qirg‘oqlariga bostirib kelayapti. Dushanbaga o‘tar kechasi to‘fon tufayli Xitoy sharqidagi Chjeszyan, Shandun, Futszyan, Szyansu viloyatlarida havo rayi yomonlashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring