Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Keniya olimpiya terma jamoasi yurtimizga yetib keldi

Keniya olimpiya terma jamoasi yurtimizga yetib keldi

Foto: «The-uff.com»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 va 26-mart kunlari vodiyda Keniya olimpiya terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

Foto: «The-uff.com»

Keniyalik futbolchilar bugun, 21-mart kuni soat 07:15da Istambul orqali Toshkentga uchib kelishdi. Toshkent Xalqaro aeroportida keniyalik futbolchilarni O‘FA mas’ullari, muxlislar va OAV vakillari kutib olishdi. Keniya olimpiya terma jamoasi a’zolari  shu kunning o‘zidayoq Andijonga yo‘l olishadi.

Foto: «The-uff.com»

23-mart kuni Andijondagi «Barkamol avlod» stadionida, 26-mart kuni esa Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida O‘zbekiston OTJ — Keniya OTJ o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Har ikki uchrashuv ham soat 20:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring