Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya prezidenti Yaponiyani KXDR bilan aloqalarni yaxshilashga chaqirdi

Janubiy Koreya prezidenti Yaponiyani KXDR bilan aloqalarni yaxshilashga chaqirdi

Foto:«InoSMI»

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Yaponiya hukumatini KXDR bilan aloqalarni yaxshilashga chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Fikrimcha, Shimoliy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi muzokaralarni qaytadan o‘tkazmoq kerak», — deya ta’kidlagan Mun Chje In.

Uning so‘zlariga ko‘ra agar Shimoliy Koreya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar izga tushsa, bu Koreya yarimoroli va Shimoli-sharqiy Osiyo chegaralari xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mun Chje Inning ta’kidlashicha, ikki Koreya davlati sammitida Kim Chen In Yaponiya bilan ham muzokaralarga tayyorligini bildirgan.

«Yetakchi Kim istagan vaqtda Yaponiya bilan muzokaralarga tayyorligini bildirdi», — degan Janubiy Koreya prezidenti.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring