Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti bilan bog‘liq sud jarayoni jonli efirda ko‘rsatiladi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti bilan bog‘liq sud jarayoni jonli efirda ko‘rsatiladi

Foto: «express-k.kz»

Janubiy Koreyaning korrupsiyada ayblanayotgan sobiq prezidenti Pak Kin Xening ishi bo‘yicha sud jarayoni mahalliy televideniye orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda bugun, 3-aprel kuni «RIA Novosti» ma’lum qildi.

«Sud hay’ati bir qancha omillar, jumladan jamoatchilik qiziqishidan kelib chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri teletranslayasiyaga ruxsat beradi», — deya ma’lum qilgan sud vakili.

Sobiq prezident Pak Kin Xe 2017-yil aprel oyida qo‘lga olingan va jami 18 punkt, jumladan, korrupsiya, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, shuningdek davlat ma’lumotlarini oshkor qilishda ayblangan. Mamlakat prokuraturasi buning uchun 30 yil qamoq jazosini so‘ragan. Sobiq prezident ishi bo‘yicha qaror shu yilning 6 aprel kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring