JCh-2026 eng qimmat chiptalari narxi 33 ming dollargacha ko‘tarildi
2026-yilda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati finali bosqichi uchun eng yaxshi chiptalar narxi uch baravarga — 33 ming dollargacha qimmatladi.
Yaqin vaqtgacha ushbu chiptalar narxi 11 ming dollar edi.
FIFA prezidenti Janni Infantino «qimmat chiptalar»ni himoyalab chiqdi: «Biz dunyodagi eng rivojlangan ko‘ngilochar bozorga ega mamlakat — AQShdamiz. Shu bois narxlar bozor sharoitlariga mos kelishi kerak. Hatto kimdir bizning narxlarimizni yuqori deb hisoblasa ham, chiptalar baribir ikki baravar qimmatroq narxda qayta sotilmoqda».


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter