JCh: Portugaliya Kongoni mag‘lub eta olmadi
Jahon chempionati K guruhi 1-turidan o‘rin olgan Portugaliya va DR Kongo terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Portugaliya Joao Nevesning dastlabki goli evaziga hisobni ochdi. Kongolik Ionn Vissa hisobni tenglashtirdi.
Hujumchi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Argentina terma jamoasi Lionel Messidan keyin oltinchi jahon chempionatida o‘ynagan ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston guruhidagi ilk o‘yin durang bilan yakunlandi. 18-iyun, 7:00 dan O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi.
JCh. K guruhi, 1-tur
Portugaliya — Kongo DR 1:1
Gollar: 6 - Joau Nevesh, 45+5 - Yoan Vissa


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter