Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari lavozimga vazirlik tomonidan tayinlanadi

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari lavozimga vazirlik tomonidan tayinlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, endilikda oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (kafedra mudirlari)ni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tanlov natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi. 

Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash o‘quvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlashda, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring