Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jonni Depp sobiq xotinidan 50 million dollar undirmoqchi

Jonni Depp sobiq xotinidan 50 million dollar undirmoqchi

Foto: «TMZ»

Hollivud aktyori Jonni Depp sobiq xotini Ember Hyordni sudga berdi va tuhmat qilgani uchun undan 50 million dollar undirmoqchi. Bu haqda «People» jurnali yozmoqda.

Deppning advokatlari Hyordning uydagi zo‘ravonlik da’vosini «uydirma» deya, aktyor hech qachon rafiqasini haqorat qilmaganini ta’kidlashmoqda.

— Unga (Jonni Depp)ga nisbatan 2016-yili qo‘zg‘atilgan ayblov tuhmat. Bu jamoatchilik e’tiborini tortish va Xyordning karerasini yaxshilash maqsadida o‘ylab chiqilgan yolg‘on, — ta’kidlashdi Deppning vakillari.

Eslatib o‘tamiz, Ember Hyord sobiq turmush o‘rtog‘ini uning yuziga qarata telefonini uloqtirib yuborganini ta’kidlab, hatto ko‘kargan yuzining fotosuratini ilova qilgandi. Jonni Depp esa «GQ» jurnaliga bergan intervyusida yolg‘on ayblovlar sabab omma oldida «bosh ko‘tara olmay qolganini» ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring