Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilda Toshkent jamoat transportida yo‘l haqlari oshiriladimi?

Joriy yilda Toshkent jamoat transportida yo‘l haqlari oshiriladimi?

Foto: «Toshtrans.uz»

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov 2018-yil 22-fevral kuni «Toshkent shahrining shahar tashish yo‘lovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini imzoladi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida transportda tashuvlarga tariflarning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 2017-2018 yillarda «Toshshahartransxizmat» AJga subsidiyalar ajratish nazarda tutilgan.

2017-yil 15-noyabrdan keyin «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari tomonidan sotib olinayotgan hamda muntazam harakatlanadigan shahar yo‘lovchi, navbatchi, xo‘jalik tashuvlarini bajarish, shuningdek, avtobuslarni servis xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirish uchun foydalanilayotgan dizel yonilg‘isi qiymatidagi tafovut summasiga subsidiya beriladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga binoan soatbay va boshqa tijorat tashuvlari bo‘yicha «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan yonilg‘iga xarajatlarga subsidiya berilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi «Toshshahartransxizmat» AJga uning asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga «Toshshahartransxizmat» AJ tashkilotlari tomonidan 2017-yilda sotib olingan va 2018-yilda sotib olinadigan dizel yonilg‘isi qiymatidagi narx tafovutini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli xulosa olingandan keyin bir hafta muddatda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga «Toshshahartransxizmat» AJga ajratilishini ta’minlaydi, bu to‘g‘rida «Toshshahartransxizmat» AJni yozma shaklda xabardor qiladi. Xabarnomada ajratilgan subsidiyalar summasi, ajratish sanasi hamda subsidiyalar uning uchun ajratilgan hisobot davri ko‘rsatiladi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklandi.


Ushbu qarordan xulosa qilinadigan bo‘lsa, joriy yilda jamoat transporti uchun yo‘lkira puli keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Balki umuman oshmasligi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring