Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jorjiyada o‘qituvchi otishma sodir etdi

Jorjiyada o‘qituvchi otishma sodir etdi

Foto: AP / The Courier-Journal, Arza Barnett

AQShning Jorjiya shtatidagi maktabda o‘qituvchi otishma sodir etdi. Voqeada bolalar jarohatlanmagan va hozir xavfsiz joyda. O‘qituvchi qo‘lga olingan va maktabning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, deya xabar beradi mahalliy politsiya o‘z «Twitter»ida. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Kecha Toshkent vaqti bilan 22:30 da Jorjiya shtatidagi Dalton shahrining «Twitter» sahifasida maktablardan birida kimdir sinf xonasiga qamalib olgani haqida xabar berildi. Mahalliy hokimiyat rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra bu shaxs maktab o‘qituvchisi bo‘lgan.

Keyinroq politsiya ota-onalardan maktab hududiga kirishga urinmaslikni so‘ragan. Oradan 10 daqiqa o‘tgandan keyin jinoyatchining qo‘lga olingani xabar qilingan.

AQShning Florida shtatidagi maktabda yuz bergan otishma natijasida o‘quvchilar halok bo‘lganidan keyin aholi bunday voqealarni diqqat bilan kuzata boshladi. 14-fevralda Mayamidan 60 kilometr shimoldagi Parklend shahridagi maktabda yuz bergan otishmada 17 kishi qurbon bo‘lgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay politsiya maktabning sobiq o‘quvchisi Nikolas Kruzni qo‘lga olgan edi. Keyinchalik xabar berilishicha, ushbu o‘quvchi ruhiy kasal ekan, tarbiyasi ham yaxshi bo‘lmagan.

Ushbu voqeadan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp ayrim o‘qituvchilarni qurollantirish taklifini bildirgan edi. Uning aytishicha, qurollangan o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini ana shunday hujumlardan himoya qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu taklif ko‘pchilikning tanqidiga sabab bo‘ldi. Odamlar buning natijasida shunday voqealar ko‘payib ketishidan xavotirlanishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring