Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kadastr hujjati yo‘qolganda nima qilish kerak?

Kadastr hujjati yo‘qolganda nima qilish kerak?

Kadastr hujjatlarni tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?

Foto: «rckadastr77.ru»

«Uyimizni qayta ta’mirlash jarayonida kadastr hujjati (yig‘ma jildi) yo‘qolib qoldi. Kadastr hujjatlarni tiklash uchun nima qilish kerak va qancha muddatda bajariladi?»

Kadastr yig‘ma jildi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda huquq egasining arizasiga muvofiq tuman (shahar) «Yermulkkadastr» davlat korxonasi arxivida saqlanayotgan kadastr yig‘ma jildining huquq egasiga tegishli qismlaridan nusxa olinadi.

Ushbu nusxalardan iborat kadastr yig‘ma jildining har bir varag‘iga tuman (shahar) kadastr davlat korxonasi rahbari tomonidan asliga to‘g‘ri degan yozuv kiritiladi va imzolanadi hamda ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida huquq egasiga topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring