Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kamyob qora yo‘lbars fotoapparat ob’yektiviga tushib qoldi

Kamyob qora yo‘lbars fotoapparat ob’yektiviga tushib qoldi

Foto: «Unilad»

Hindistonning Odisha shtatida kamyob qora yo‘lbars fotoapparat ob’yektiviga tushib qoldi, deya xabar berdi «Unilad» nashri.

Ishqiboz suratchi Soumen Baypayi suv ombori bo‘ylab sayr qilib yurgan noyob yo‘lbarsni tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Odatda yo‘lbarslar to‘q sariq rangda bo‘lib, qora chiziqlari bo‘ladi. Bu turdagilari esa aksincha qora tusda bo‘lib, sariq chiziqlari bor. Bunday tus qarindoshlar o‘rtasidagi chatishish natijasida kelib chiqqan genetik nuqson asorati hisoblanadi. Ushbu jonivorlar boshqa yo‘lbarslarga qaraganda kichikroq bo‘lishadi.

Hindiston yovvoyi tabiat instituti eksperti Bivash Pandavning so‘zlariga ko‘ra, qora yo‘lbarslar dunyo bo‘yicha bor-yo‘g‘i yetti yoki sakkizta qolgan bo‘lib, ularning hammasi faqat Odisha changalzorlarida yashaydi. Qora yo‘lbarslar qirilib ketish arafasida. Ulkan mushuklarning aksariyati 2007-yildan beri Simlipal yo‘lbarslar qo‘riqxonasida yashashmoqda.

Qora yo‘lbarslar odamlarning ko‘zidan yiroqroq yurishadi. Bunday tusdagi jonivorlarni ilk bor 1990-yilda qayd etishgan. Qora yo‘lbarslar qimmatbaho ov vositasi bo‘lgani uchun so‘nggi yillarda ularning soni keskin kamayib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring